BOLALARNI DAVLAT MAKTABGACHA TAʼLIM MUASSASALARIGA QABUL QILISH TARTIBI
Abstract
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat
xizmatlari ko‘rsatish Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga
asosan tartibga solinadi. Bunda xizmatdan foydalanuvchi jismoniy shaxslar yani ota-
onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va
homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki
opasi) yoki uchinchi shaxslar yoʻllanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga
oʻzlari kelib murojaat qiladi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) da roʻyxatdan oʻtadi. Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish
uchun FHDY organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilishlari ham
mumkin.
Ariza beruvchi soʻrovnoma toʻldirilib, avtomatik ravishda maktabgacha taʼlimni
boshqarish axborot tizimiga yuboriladi va tegishli tashkilot va guruhda boʻsh oʻrin
boʻlganda – yoʻllanma shakllantiriladi, boʻsh oʻrin boʻlmaganda – soʻrovnoma
tegishlicha umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritiladi hamda xabarnoma
shakllantiriladi.
References
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son “Bolalarni davlat
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari
ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida” qarori;
2. O‘zbekiston Respublikasi 23.09.2020 yildagi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonuni;
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 yildagi
“Maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi