QADIMGI DUNYONING SAVDO YO‘LLARI: (BUYUK IPAK YO‘LI VA DENGIZ SAVDOSINING RIVOJLANISHI)

Authors

  • Nabiyeva Shaxlo Komiljon-qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Qadimgi savdo yo‘llari, buyuk Ipak yo‘li, Dengiz savdosi, Savdo va iqtisodiyot, Madaniy almashinuv, Port shaharlari, Savdo markazlari, Xalqaro savdo, Iqtisodiy aloqalar, Tarixiy savdo tarmoqlari, Diplomatik aloqalar, Pandemiyaning tarqalishi va Navigatsiya texnologiyalari.

Abstract

 
Annotatsiya: 
Ushbu maqola qadimgi dunyoning turli xil savdo yo‘llari, xususan, Buyuk Ipak 
yo‘li  va  dengiz  savdolarining  qanday  rivojlanganligi  tahlil  qilishga  bagʻishlangan. 
Buyuk  Ipak  yo‘li,  Sharq  va  G‘arb  o‘rtasida  o’zaro  savdo,  madaniyat  va  ilm 
almashinuviga  sababchi  bo’lgan  asosiy  yo’l  bo’lib,  qadimgi  xalqlar  orasida  o’zaro 
iqtisodiy aloqalarni ham mustahkamladi. Shuningdek, dengiz savdolarini rivojlanishi 
esa, ko’plab  port  shaharlari  va  savdo  markazlarining o‘sishiga  sabab  bo‘lib, global 
savdo tarmog‘ining keng shakllanishiga yaxshi imkon yaratib berdi. Maqolada, asosan 
bu savdo yo‘llarining ijtimoiy, madaniy va texnologik taraqqiyotga ta’siri, shuningdek, 
ular orqali olib o‘tilgan turli mahsulotlar va texnologiyalar haqida yoziladi va tahlil 
qilinadi.  Bunda  qadimgi  savdo  yo‘llarining  hozirgi  zamon  madaniyatiga  va  global 
savdo tizimiga qanday ta’sir qilganini ko‘rsatib beradi. Bundan tashqari, Buyuk Ipak 
yo‘li  va  dengiz  savdosi  nafaqat  iqtisodiy  taraqqiyotga,  balki  diplomatik  aloqalar, 
navigatsiya texnologiyalarining rivoji va pandemiyalarning tarqalishiga ham sezilarli 
ta’sir  ko‘rsatgan.  Shuningdek,  bugungi  global  iqtisodiyot  va  savdo  tizimining shakllanishida qadimgi savdo yo‘llarining o‘rni katta bo‘lib, ayniqsa, Xitoyning ‘Bir 
kamar, bir yo‘l’ loyihasi bu jarayonning davomiyligini ta’minlamoqda. 

Published

2025-03-28

How to Cite

Nabiyeva Shaxlo Komiljon-qizi. (2025). QADIMGI DUNYONING SAVDO YO‘LLARI: (BUYUK IPAK YO‘LI VA DENGIZ SAVDOSINING RIVOJLANISHI) . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 42(2), 40-49. https://scientific-jl.com/tal/article/view/6694