KORREKSION-PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY, HUQUQIY USLUBIY VA AMALIY YORDAM KO’RSATISH USULLARI.

Authors

  • Iskandarova Iroda Rasulovna Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Maxsus ta’lim, pedagogik tashkiliy ishlar, individual ta’lim, guruhiy ta’lim, monitoring,diagnostika, realibitatsiya, o’qitish metodlar

Abstract

 
Annotatsiya: ushbu maqolada  korreksion pedagogikaning nazariy va amaliy 
jihatlari,  shuningdek,  nogiron  yoki  o'ziga  xos  ehtiyojlarga  ega  o'quvchilarga 
mo‘ljallangan  ta’lim  jarayonini  samarali  tashkil  etish  usullari  ko‘rib  chiqiladi. 
Tadqiqotda pedagogik ishlarni tashkiliy jihatdan mustahkamlash, doimiy treninglar va 
metodik qo‘llanmalar asosida maxsus yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligi haqida 
aytib  o'tiladi..  Usuliy  jihatdan  esa  dars  jarayonida  individual  va  guruhiy 
yondashuvlarni,  diagnostika,  monitoring  va  nazorat  metodlarini  qo‘llash  orqali 
o‘quvchilarning  ijtimoiy-psixologik  ehtiyojlariga  javob  beruvchi  tizim  yaratilishi 
ko‘zda tutilishi aytiladi.. Amaliy ko‘rsatmalar qatoriga esa dars jarayonida innovatsion 
ta’lim texnologiyalarini joriy etish, o‘quvchilarga qo‘llab-quvvatlovchi sharoit yaratish 
va  ijtimoiy  integratsiyani  rag‘batlantirish  kabi  masalalar  kiritilgan.  Natijada, 
korreksion  pedagogik  ishlarni  muvaffaqiyatli  tashkil  etish  uchun  nazariy  bilimlarni 
amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirish, zamonaviy metod va texnologiyalarni tatbiq etish 
zarurligi asos solinadi.Ushbu maqolada shu tushunchalar haqida so'z boradi. 

References

MANBA

1. Mirzaeva, S. (2021). "Taʼlimda inklyuziv yondashuv: teoriya va amaliyot."

Qoraqalpogʻiston davlat universiteti.

2. Rasulova, D. (2022). "Korreksion pedagogika: nazariya, amaliyot va muammolar."

Samarqand davlat universiteti.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vygotskiy L.S. – “Pedagogik psixologiya

2. Defektologiya asoslari – Muhammadjonova G.A., Mamatov A.A

3. "Inklyuziv ta’lim asoslari” – Xolmuhamedova N.I.

Published

2025-03-31

How to Cite

Iskandarova Iroda Rasulovna. (2025). KORREKSION-PEDAGOGIK ISHLARNI TASHKIL ETISHNING TASHKILIY, HUQUQIY USLUBIY VA AMALIY YORDAM KO’RSATISH USULLARI . Ta’lim Innovatsiyasi Va Integratsiyasi, 42(2), 146-149. https://scientific-jl.com/tal/article/view/7014